Mirziyoyev Nyu-Yorkdagi fojia munosabati bilan Trampga ta’ziya bildirdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston o‘z tomonidan mazkur terrorchilik harakatini surishtirish bo‘yicha hamkorlik qilish uchun barcha kuch va vositalarini ishga solishga tayyorligini bildiradi

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida bir necha kishi qurbon bo‘lgani munosabati bilan AQSh prezidenti Donald Trampga ta’ziya maktubi yo‘lladi.

Sledovateli i politseyskie na meste nayezda gruzovika na velosipedistov - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent Nyu-York teraktida gumon qilinayotgan shaxs haqidagi ma’lumotni tekshirmoqda

"Sodir bo‘lgan fojia zamonamizning bunday noinsoniy chaqiriqlariga qarshi kurashda butun xalqaro hamjamiyat kuchlarni birlashtirishi zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi. O‘zbekiston o‘z tomonidan mazkur terrorchilik harakatini surishtirish bo‘yicha hamkorlik qilish uchun barcha kuch va vositalarini ishga solishga tayyorligini bildiradi", — deyiladi davlat rahbarining maktubida.

Seshanba kuni Nyu-York markazida, Manxettenda, kichik yuk avtomobili (pikap) velosipedchilar yo‘lagidan bir necha kilometr bosib o‘tgan va maktab avtobusiga borib urilgan. Oqibatda 8 kishi qurbon bo‘lgan va 10dan ortiq kishi jarohatlangan. Nyu-York meri Bill De Blazio ushbu voqeani terakt deb atadi.

AQSh OAVlari xabariga ko‘ra, mazkur teraktni sodir etishda gumonlanib qo‘lga olingan shaxs 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Seyfullo Soipov bo‘lib chiqqan. U AQShga 2010-yilda grin karta orqali kelgan.

Yangiliklar lentasi
0