TOShKENT, 1 noya – Sputnik. O‘zbekistonlik diplomatlar Nyu-Yorkda terakt sodir etishda gumonlanlanib qo‘lga olingan, OAV ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston fuqarosi deyilayotgan shaxs haqidagi ma’lumotni tekshirishmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti O‘zbekiston TIV vakiliga asoslanib.
Seshanba kuni Nyu-York markazida, Manxettenda, kichik yuk avtomobili (pikap) velosipedchilar yo‘lagidan bir necha kilometr bosib o‘tgan va maktab avtobusiga borib urilgan. Oqibatda 8 kishi qurbon bo‘lgan va 10dan ortiq kishi jarohatlangan. Nyu-York meri Bill De Blazio ushbu voqeani terakt deb atadi.
AQSh OAVlari xabariga ko‘ra, mazkur teraktni sodir etishda gumonlanib qo‘lga olingan shaxs 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Seyfullo Soipov bo‘lib chiqqan. U AQShga 2010-yilda grin karta orqali kelgan. Terrorchining avtomobilida u u ishni "Islom davlati" nomidan amalga oshirgani haqida yozuv topilgan.