TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Nyu Yorkda 31-oktabrda terrorchilik amalga oshirgan pikap haydovchisi Uber kompaniyasi taksichisi bo‘lib ishlagan, deb xabar qilmoqda CBS News telekanali.
© Don EMMERT / AFPSeyfulla Soipov boshqargan kichik yuk avtomobili
Seyfulla Soipov boshqargan kichik yuk avtomobili
© Don EMMERT / AFP
O‘z navbatida Uber kompaniyasi Sayfullo Saipov haqiqatdan ham kompaniyada haydovchi bo‘lib ishlaganini va uning biografik ma’lumotlari tekshiruvdan o‘tganini tasdiqlashdi. Ayni damda Uber FBR va boshqa xizmatlar bilan bo‘lib o‘tgan terrorchilikni tergov qilishda hamkorlik qilayotganini xabar qilgan.
© AP Photo / Craig RuttleTerak sodir bo‘lgan joydagi velosipedlar
Terak sodir bo‘lgan joydagi velosipedlar
© AP Photo / Craig Ruttle
Eslatib o‘tamiz, Seshanba 31-oktabr kechqurun, Nyu-York markazida, Manxettenda, kichik yuk avtomobili (pikap) velosipedchilar yo‘lagidan bir necha kilometr bosib o‘tgan va maktab avtobusiga borib urilgan. Oqibatda 8 kishi qurbon bo‘lgan va 10dan ortiq kishi jarohatlangan. Nyu York meri Bill De Blazio ushbu voqeani terakt deb atadi.
© REUTERS / Brendan McDermidTerakt sodir bo‘lgan joyda politsiya va qutqaruvchilar ishlamoqda
Terakt sodir bo‘lgan joyda politsiya va qutqaruvchilar ishlamoqda
© REUTERS / Brendan McDermid
Haydovchini politsiyachilar yaralagan va qo‘lga olgan. AQSh OAVlari xabariga ko‘ra, u 29 yoshli sobiq O‘zbekiston fuqarosi Sayfullo Saipov bo‘lib chiqqan. U AQShga 2010-yilda Grin Karta orqali kelgan. Terrorchining avtomobilida ushbu ishni "Islomiy davlat" nomidan amalga oshirgani haqida yozuv topilgan.
#NewYorkAttack A 29-year-old Uzbek national, Sayfullo Habibullaevic Saipov, is suspected to be behind the #ManhattanAttack
— News18 (@CNNnews18) 1 noyabrya 2017 g.
(Image: NBC News) pic.twitter.com/qIjqxQzfHm