Asal bayrami: Farg‘onada asal yarmarkasida 60 dan ortiq asalarichilar qatnashadi

Obuna bo‘lish
Yarmarkada mahalliy, Rossiya va Qozog‘istondan 60 dan ortiq asalarichilari ishtirok etadi. Ular 100 dan ortiq turdagi asal va boshqa asalarichilik mahsulotlarini olib kelishadi.

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Shu yil 15-30 noyabr kunlari Farg‘onada "Asal bayrami" tadbiri doirasida milliy asal yarmarkasi o‘tkaziladi, deb xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati.

Svejiy med na stole gotov k degustatsii pchelovodami. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda asal yetishtirishni 50 foizga ko‘paytirish rejalashtirilgan

Ushbu tadbir Farg‘ona asalarichilar uyushmasi tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Yarmarkada mahalliy, Rossiya va Qozog‘istondan 60 dan ortiq asalarichilari ishtirok etadi. Ular 100 dan ortiq turdagi asal va boshqa asalarichilik mahsulotlarini olib kelishadi.

Bundan tashqari, yarmarka mehmonlari uchun bayramona konsert beriladi.

Estalib o‘tamiz, asalarichilik tarmog‘idagi mavjud muammolarni hal qilish maqsadida 16-oktabr kuni O‘zbekiston prezidentining "Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingandi.

Qaror talablariga ko‘ra O‘zbekistonda kelgusi 5-yil ichida asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2017-yildagi 15,4 ming tonnadan 2021-yilga borib 23,7 ming tonnagacha yetkazish nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0