Belarusning yetakchi konditer korxonasi "Angren"ga qiziqmoqda

© Sputnik / Anar Movsumov / Mediabankka o‘tishKonditer fabrikasi
Konditer fabrikasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida fabrika vakillari "Angren shakar" xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdilar

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Belarus konditer bozorining yetakchisi – yiliga 200 nomdan ortiq 25 ming tonnagacha mahsulot ishlab chiqaruvchi "Kommunarka" fabrikasi "Angren" EIZda biznes yuritishga qiziqmoqda, deb xabar beriladi "Angren" erkin iqtisodiy zonasi saytida.

Tashrif davomida fabrika vakillari "Angren shakar" xorijiy korxonasi faoliyati hamda bu yerda xorijiy va mahalliy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

"Kommunarka" fabrikasi Belarusdagi eng yirik konditer mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi. U "Belgospisheprom" davlat oziq-ovqat sanoati konserni tarkibiga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0