Endi sigirning ham pasporti bo‘ladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishKorovi na ferme
Korovi na ferme - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yildan boshlab hayvonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi shakllantirilib, yagona elektron axborot tizimi yaratiladi

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Uy hayvonlari2018 yildan boshlab veterinariya xizmati xodimlari tomonidan bosqichma-bosqich ro‘yxatga olinadi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

Selskoe xozaystvo Novosibirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
O‘rmon xo‘jaligi yerlarida chorva boqish butunlay ta’qiqlanadi
"Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-sentabrdagi "Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qaroriga asosan ko‘paytiriladigan barcha hayvonlar 2018-yildan boshlab veterinariya xizmati xodimlari tomonidan bosqichma-bosqich ro‘yxatga olinadi.

Qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun ayni paytda tartib-qoidalar ishlab chiqilib, zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda", — deyilgan xabarda.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlari birinchi navbatda yirik va mayda shoxli mollarni hisobga olish bilan boshlanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Samarqand viloyatida 1 million 454 mingdan ortiq yirik, 2 million 205 ming boshdan ortiq mayda shoxli mollar bor. Mazkur uy hayvonlarini ro‘yxatga olishga viloyat veterinariya xizmati tizimidagi tuman va shahar bo‘limlari, viloyat hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat xavfsizligi davlat markazi va 545 zooveterinariya shoxobchalari mutaxassislari jalb etiladi.

Buning uchun mutaxassis-xodimlar o‘qitilib, malakasi oshiriladi. Hayvonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi shakllantirilib, yagona elektron axborot tizimi yaratiladi.

Yangiliklar lentasi
0