O‘rmon xo‘jaligi yerlarida chorva boqish butunlay ta’qiqlanadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSelskoe xozaystvo Novosibirskoy oblasti
Selskoe xozaystvo Novosibirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haqiqatdan ham, oxirgi yillarda O‘zbekistonda o‘rmonzorlar maydoni kamayib, daraxtlar tarkibi siyraklashib ketmoqda. Yangi o‘sib chiqayotgan daraxtlarni, o‘rmon hududlarida cheklovsiz tartibda boqilayotgan chorva mollari yeb ketmoqda.

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Oliy Majlis deputatlari Ma’muriy javobgarlik kodeksining ayrim bandlariga kiritilishi rejalashtirilayotgan o‘zgarishlarga izoh berishdi.

Davlat O‘rmon xo‘jaligi yerlarida yildan yilga noqonuniy mol boqish holatlari ko‘paymoqda. 2015-yilda 132 ta shunday holat aniqlangan bo‘lsa, 2016-yilda — 177 ta noqonuniy mol boqish holatlari aniqlangan.

Oqibatda Qizil kitobga kiritilgan, dorivor o‘simliklar maydoni qisqarmoqda. Undan tashqari o‘simliklar tabiiy yangilanish soni ham qisqarmoqda.

Olma terimi - Sputnik O‘zbekiston
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasida eng ko‘p yangi korxonalar yaratildi

Ushbu holatlarni hisobga olgan holda, deputatlar o‘rmon xo‘jaligi yerlarida mol boqishni butunlay ta’qiqlashni taklif qilishmoqda. Oldingi yillarda 11 445 ming gektar o‘rmon xo‘jaligi yerlarining 3200 gektari o‘tloqlar uchun ajratilar edi.

Bundan buyon esa, Ma’muriy javobgarlik kodeksining 77 bandiga (o‘romon xo‘jaliklari yerlaridan foydalanish qoidalarini buzish) qo‘yidagi o‘zgarishlarni kiritish taklif qilinmoqda:

1) O‘rmon xo‘jaligi yerlarini chorva o‘tlog‘i uchun ajratish tartibi bekor qilinadi;

2) Ikkinchidan, o‘rmon xo‘jaligi yerlaridan o‘tloq sifatida foydalanish ta’qiqlanadi va ushbu ta’qiqni buzgani uchun jarima miqdori oshiriladi;

3) Yil davomida ushbu ta’qiqni ikki va undan ortiq marta buzish uchun jarima miqdori yanada oshiriladi;

Nuz.uz xabari asosida tayyorlandi.

Yangiliklar lentasi
0