TOShKENT, 30 okt — Sputnik. 2017 yil 31-oktabr kuni Toshkentda "O‘zbekiston-Qozog‘iston: diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25-yilligi" mavzuyida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari bir necha bor uchrashib, o‘zaro hamjihatlik va do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish borasida kelishib oldilar. Bu uzoq muddatli strategik manfaatlar, ikki davlat oldida turgan vazifalarni hamkorlikda hal etish yo‘lidagi sa’y-harakatlar yakdilligining yorqin tasdig‘i bo‘ldi.
Anjumanning sho‘’ba yig‘ilishlarida siyosat, iqtisod, transport sohalarida hamkorlikning istiqbollari, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarning davlatlararo munosabatlarni mustahkamlashdagi roli kabi masalalar ochiq va konstruktiv ruhda muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.