Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yo‘l o‘tkazgichni ko‘zdan kechirdi

© Press-slujba prezidenta RUzAvtomobilniy most v Tashkente
Avtomobilniy most v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev ushbu yo‘l o‘tkazgich odamlarga qanchalik manzur bo‘lgani, transport harakati va xavfsizligiga qanday ta’sir ko‘rsatgani bilan qiziqdi

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Kichik halqa yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari kesishgan joyda qurilgan yo‘l o‘tkazgichni borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ilgari poytaxt markazidan Farg‘ona yo‘liga chiqish yoki aksincha bu yo‘ldan markazga kelish uchun transport vositalari ortiqcha bir necha kilometr yurishga majbur bo‘lardi. Prezident 25-mart kuni bu yerda bo‘lib, yo‘l o‘tkazgichni rekonstruksiya qilish va uning bir qismini yangidan qurish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Yaqinda ushbu ko‘prikning foydalanishga topshirilgani haydovchilarga katta qulaylik yaratdi, harakat xavfsizligini ta’minladi.

Toshkentda iurilgan yangi ko‘prik - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda yangi ko‘prik ochdi

Yo‘l o‘tkazgichning eni 30, uzunligi 346 metr bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilindi. Eni 22, uzunligi 281 metr bo‘lgan qismi yangidan barpo etildi. Ikki tomonida piyodalar yo‘lakchalari qurildi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu yo‘l o‘tkazgich odamlarga qanchalik manzur bo‘lgani, transport harakati va xavfsizligiga qanday ta’sir ko‘rsatgani bilan qiziqdi. Bunday ko‘priklarni poytaxtning boshqa joylarida ham qurish, bunda avvalo, xavfsizlik talablariga rioya etish zarurligini ta’kidladi.

Prezident ko‘prik atrofini obodonlashtirish, poytaxt qiyofasiga mos zamonaviy binolar qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida ko‘priksozlik bo‘yicha kadrlar tayyorlash masalasiga e’tibor qaratildi.

Yangiliklar lentasi
0