Shavkat Mirziyoyev Toshkentda yangi ko‘prik ochdi

© SputnikToshkentda iurilgan yangi ko‘prik
Toshkentda iurilgan yangi ko‘prik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bo‘zsu kanali ustida qurilgan yangi ko‘prikning uzunligi 400 metrdan ziyod. Avtomobillar harakati uchun 8 qator yo‘lak, piyodalar uchun ko‘prikning ikki chetida kengligi 2metr bo‘lgan yo‘laklar qurilgan.

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Kecha toshkentda yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi, uning ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik  muxbiri.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi yangi yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishdi

Ko‘prikning uzunligi 423 metr, balandligi 5,5 metr va kengligi 33 metr. Ko‘prik Yunusoboddagi Yangi shahar va Bog‘ishamol ko‘chalarini tutashtirdi. Ko‘prikning asosiy vazifasi Toshkent halqa yo‘li va Amir Temur shoh ko‘chasidan o‘tgan transpor oqimini kamaytirish.

Shavkat Mirziyoyev aytishiga qaraganda yangi ko‘prik Yunus-Obod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarini birlashtiruvchi transport arteriyalarini bir biriga ulaydi. Bu esa poytaxt uchun juda muhim, chunki oldin bir tumandan ikkinchi tumanga borish uchun 20 kilometr masofa bosib o‘ish kerak bo‘lar edi.

“Bunday keng ko‘lamli va ezgu ishlar tufayli poytaxtimiz yo‘llarining xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligi tubdan yaxshilanmoqda. Mazkur yangi ko‘prik avtomobillarning o‘tish imkoniyatlarini bir necha marta oshirish barobarida aholiga bir qancha qulayliklar yaratadi. Mana shunday zamonaviy ko‘prikning qisqa vaqtda barpo etilgani mamlakatimizning jadal rivojlanib borayotgani, xalqimiz ulkan yutuq va marralarga erishayotganidan dalolatdir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev ko‘prik ochilish marosimida.

Yangi ko‘prik ustida avtomobil harakati uchun 8 qator yo‘lak, ko‘prikning ikki chetida piyodalar qulayligi chun keng yo‘laklar barpo etilgan. Ko‘pri katrofidagi maydonlar obodonlashtirilgan, avtobus bekatlari qurilgan va yer osti piyodalar yo‘lagi ham barpo etilgan.

© SputnikBo‘zsu ustida qurilgan yangi ko‘prik
Noviy most cherez kanal Bozsu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Bo‘zsu ustida qurilgan yangi ko‘prik
Eslatib o‘tamiz, yangi inshoot “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJning Ko‘prik qurilish trestining, 67- bo‘limi tomonidan olti oy davomida qurib bitkazildi.

 

Yangiliklar lentasi
0