Rossiya delegatsiyasi Toshkent mexanika zavodi imkoniyatlari bilan tanishdi

© tmz.uzTashkentskiy Mexanicheskiy zavod
Tashkentskiy Mexanicheskiy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Delegatsiya a’zolari samolyotlar uchun tarkibiy qismlar ishlab chiqarish sexi va kompozit materiallar tayyorlash jarayoni bilan tanishishdi

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya hukumati raisi Dmitriy Rogozin boshchiligidagi delegatsiya Toshkent mexanika zavodi (sobiq Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish zavodi) da bo‘ldi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Shavkat Mirziyoyev 27-oktabrya prinyal Dmitriya Rogozina - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Rogozin o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Delegatsiya a’zolari zavodda samolyotlar tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish sexi, kompozit materiallar tayyorlash jarayoni, kadrlar malakasini oshirish va yetuk mutaxassislar tayyorlash ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolariga korxonada hozirda Il-76 va Il-114 samolyotlari uchun tarkibiy qismlar, yo‘lovchi va yuk tashuvchi temir yo‘l vagonlari, lokomotivlar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarilayotgani, bir necha turdagi samolyotlarga xalqaro standartlar darajasida texnik xizmat ko‘rsatilayotgani haqida so‘zlab berildi.

Tashrif yakunlariga ko‘ra tomonlar zavod quvvatlarida loyihalar amalga oshirish uchun qo‘shma guruh tuzish to‘g‘risida kelishib oldi.

Ilgariroq Rossiya kompaniyalari Toshkentdagi sobiq aviatsiya zavodida samolyotlar uchun tarkibiy qismlar ishlab chiqarish imkoniyatini o‘rganayotgani haqida Rossiya savdo-sanoat palatasi prezidenti Vladimir Padalko aytib o‘tgandi.

Samolet Il-114-100 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Toshkentdagi aviatsiya zavodini qayta ishga tushirish imkoniyatini o‘rganmoqda

Qayd etish joiz, Toshkentdagi mazkur zavodda 2012-yilga qadar Il-114 samolyotlari ishlab chiqarilgan. Jami bo‘lib 17ta samolyot tayyorlangan. Il 114-100 samolyotining o‘zbekcha versiyasi sezilarli o‘zgarishlarga uchragan. U Rockwell Collins kompaniyasining avionikasi (elektron tizim), Pratt&Whitney Canada aviadvigatellari, Hamilton Sundstrand havo parraklari va Honeywell kompaniyasining qo‘shimcha quvvat qurilmalari bilan jihozlangan.

Hozirda Rossiyada Il-114-300 samolyotlarini turkum ishlab chiqarish muhokama qilinmoqda. 2021- 2029-yillar davomida jami 100ta — yiliga 12 donadan samolyot ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Rossiya tomoni TAPOiChda saqlanayotgan samolyot fuzelyajlarini sotib olish hamda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan uskunalardan foydalanishga tayyorligini bildirdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi ushbu turdagi samolyotlardan 18-yildan buyon foydalanadi va unga texnik xizmat ko‘rsatish hamda uchuvchilar tayyorlashda ulkan tajribaga ega. Toshkentda bu turdagi samolyotlar uchun dunyoda yagona bo‘lgan Full-flight trenajori qurilgan. Kabina haqiqiy samolyot kabinasi bilan millimetrigacha bir xilda.

Yangiliklar lentasi
0