TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Rogozinni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamda harbiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuv va bitimlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Mamlakatlar yetakchi korxona va kompaniyalari o‘rtasida istiqbolli qo‘shma dastur va innovatsiya loyihalarini jadal rivojlantirishga qaratilgan sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash muhimligi qayd etildi.
Dmitriy Rogozin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va hukumat raisi Dmitriy Medvedevning samimiy va ezgu tilaklarini yetkazdi.