TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Tall-Afar shahri uchun olib borilgan janglardan keyin "Islom davlati" jangarilarining 400 nafarga yaqin xotinlari Iroq harbiylari qo‘liga kelib tushgan. Ular orasida Rossiya, O‘zbekiston va Turkmaniston fuqarolari borligi xabar qilinmoqda.
"Jangarilar o‘rab olingach, ular oilalari bilan birgalikda taslim bo‘ldilar. Umumiy miqdori 600 nafarni tashkil qildi", — deb hikoya qilgan Iroq armiyasi vakili.
Iroq hukumatining taxminiga ko‘ra, ularning qo‘liga tushgan 400 nafar ayollar "ID" jangarilari xotinlari bo‘lishi mumkin. "Tall-Afarga kelgan ayollarning aksariyati Turkiya, Yevropa, Checheniston, Misr, Tunis va boshqa davlat va mintaqalardandir. Bu yerga kelgach ular o‘z ixtiyorlari bilan "ID" jangarilariga turmushga chiqishgan", — deb xabar qilgan RIA Novosti nashriga Iroq armiyasi vakili.
Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ayollar "Hamam Eli" lagerida ushlab turilibdi. Iroq hukumati ularning "ID" bilan aloqalarini o‘rganishmoqda. "Agar ular orasida beayblari bo‘lsa, u holda biz ularni qo‘yib yuboramiz", — deb ishontirgan harbiy.
Harbiyning so‘zlariga ko‘ra, ayollarning kattagina qismini turkiyaliklar tashkil qiladi. Iroq hukumati hozirda barcha tegishli ma’lumotlarni Turkiyaning rasmiy vakillariga taqdim etishgan. Asir olingan jangarilar esa Bag‘dod shahriga yuborilgan.