O‘zbekiston o‘zining Uzphone messenjerini ishlab chiqmoqda

© PixabayMobilniy telefon v ruke
Mobilniy telefon v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ishlab chiqaruvchilarning bildirishlaricha, u Telegram, Skype, Viber va WhatsApp messenjerlarining muqobili bo‘ladi

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. "O‘zbektelekom" yaqin vaqt ichida Uzphone messenjerini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Ishlab chiqaruvchilarning bildirishlaricha, u Telegram, Skype, Viber va WhatsApp messenjerlarining muqobili bo‘ladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

O‘zbekistonda Telegram ishlamay qoldi - bugun aloqa tiklandi

Hozirda messenjer alfa-sinov bosqichida bo‘lib, u orqali hozircha matnli xabarlar jo‘natish va qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

"Hozircha u keng ommaga taqdim etilgani yo‘q. Ikki oy ichida beta-sinov bosqichiga o‘tamiz. Kelasi yili u rasman taqdim etilishi rejalashtirilgan", — dedi "O‘zbektelekom" filiali direktori Marat Fattohov.

Fattohovning aytishicha, jahonga mashhur ilovalarning mahalliy muqobilini yaratish zarurati qator omillar, jumladan, xorij kompaniyalari O‘zbekistonda topayotgan daromadning bir qismini mamlakatda qoldirish istagi hamda foydalanuvchilarga kamroq traffik sarflash imkonini berish bilan bog‘liq.

Kelgusida, taxminan bir yildan so‘ng ilova smart-televizorlar va kuzatuv kameralari bilan ham bog‘lanadi. Kompaniya 1 million nafargacha ushbu messenjer foydalanuvchilariga texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Yangiliklar lentasi
0