O‘zbekistonda Telegram ishlamay qoldi - bugun aloqa tiklandi

Obuna bo‘lish
Keyinroq kompaniya rahbariyati o‘zining Twitter-akkauntida Telegram dunyoning katta qismida ish faoliyatini tiklaganligini ma’lum qildi

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Kuni kecha O‘zbekistonda Telegram messenjeri ishlamay qoldi. Bu haqda dastur foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab  xabarlar yozishgan.

Pavel Durov - Sputnik O‘zbekiston
Telegram asoschisi Pavel Durov FBR bosimi haqida so‘zlab berdi

O‘zbekistonda Telegram foydalanuvchilari jo‘natilgan xabarlar "osilib" qolayotganligidan shikoyat qildilar. Xabarlarni jo‘natish paytda "kutib turing" belgisi paydo bo‘ldi. Bundan tashqari yuborilgan xabarlarning tarixi yuklanmay qolish holatlari ham kuzatildi.

Internet tarmog‘ida eng ommabop yuklamalar ish faoliyatini tahlil qiluvchi Downdetector sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Telegram chorshanba kuni Rossiya, Shvetsiya, Ukraina, Avstriya, Germaniya, Iroq, Ozarbayjon, Finlyandiyada ishlamay qolgan.

Keyinroq kompaniya rahbariyati o‘zining Twitter-akkauntida Telegram dunyoning katta qismida ish faoliyatini tiklaganligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

"Biz, nihoyat, ishlab ketdik! Germaniya va MDH, bizni kechiring, aynan sizlarga ko‘proq tashvish keltirdik. Bizga jahonning boshqa qismi bilan aloqa tiklash uchun yana bir necha daqiqa ajrating", deb yozgan kompaniya o‘zining Twitter-akkauntida.

Yangiliklar lentasi
0