TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Toshkent shahriga Rossiya Federatsiyasi Hukumat Raisi o‘rinbosari Dmitriy Rogozin boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan keldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Tashrif davomida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish bo‘yicha hukumatlararo muzokaralar o‘tkaziladi.
Ekspertlar Rogozin shuningdek, harbiy-texnik hamkorlik masalasini muhokama qilishini taxmin qilishmoqda.
Bundan tashqari, Rossiya delegatsiyasini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qilishi kutilmoqda.