TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Seshanba kuni O‘zbekiston hududida shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayadi, deb xabar qiladi "O‘zgidromet" markazi.
Xabarda aytilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxodaryo viloyatlarida shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati 24-oktabr kuni kunduzi o‘rtacha +20 +23 darajada bo‘lib kechasi esa +5 +10 darajaga yetadi.
Toshkentda kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Havo harorati +20 + 22 daraja bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 17-oktabr kuni Toshkent shahrida va Buxoro viloyati hududida 32 m/s tezlikda shamol kuzatilgandi. Kuchli bo‘ron oqibatida bir kishi vafot etdi. Shamol uylar va binolarning tomlari, avtomobillarga zarar yetkazdi. Elektr tarmoqlarining uzilishi tufayli elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ldi.