TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Normativ huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida "Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan va ishga joylashishda alohida qiyinchiliklarga duch keladigan shaxslar uchun ish o‘rinlarni saralash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qaror loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.
Qaror loyihasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tayyorlangan.
Qaror talablariga ko‘ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun 10 foiz miqdorda ish o‘rinlarini olib qolish majburiyati korxona va tashkilotlarga yuklatiladi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslarga ish o‘rinlarini olib qo‘yish tartibi 20 nafardan ortiq ishchisi bo‘lgan korxonalarda amalga oshiriladi.
Hujjatda korxona va tashkilotlar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan, ishga joylashishda alohida qiyinchiliklarga duch keladigan shaxslar, shuningdek mehnat bozorida hamma bilan teng raqobat qila olmaydigan shaxslar uchun bo‘sh ish o‘rinlarini olib qolish vazifalari qayd etilgan.
Ijtimoiy himoya qilinishga muhtoj bo‘lgan shaxslar toyifasiga nogironlar, yolg‘iz va ko‘p bolali ota-onalar, maxsus ta’lim muassasalar bitiruvchilari, harbiy xizmat o‘tab kelgan shaxslar, jazoni ado etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar, shuningdek odam savdosi jabrdiydalari kiradi.
Ushbu hujjat loyihasi 2017-yil 9-noyabriga qadar muhokama qilinadi.
Qarorni 2017-yil 1-dekabrdan kuchga kiritish ko‘zda tutilmoqda.
Qaror loyihasini o‘qib, u haqdagi takliflarni bildirish mumkin.