"O‘zbekfilm" direktori lavozimidan ozod qilindi

© PixabayKinoplenka
Kinoplenka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hilol Nasimov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan aksiyadorlik jamiyati direktorligi lavozimidan ozod qilingan

TOShKENT, 27 okt – Sputnik. "O‘zbekfilm" aksiyadorlik jamiyati direktori Hilol Nasimov lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda "O‘zbekkino" milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Lola Karimova-Tillyayeva s suprugom Timurom Tillyayevim na 74-m Venetsianskom kinofestivale - Sputnik O‘zbekiston
Buyuk Mirzo Ulug‘bek haqida film Venetsiya kinofestivalida nufuzli mukofot oldi

Xabarda aytilishicha, bugun "O‘zbekfilm" aksiyadorlik jamiyatining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kinostudiyaning bugungi holati, mavjud kamchilik va muammolari muhokama qilindi.

Korxonani sog‘lomlashtirish va uni qayta shakllantirish yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rilgani, Hilol Nasimov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan aksiyadorlik jamiyati direktorligi lavozimidan ozod qilingani aytiladi xabarda.

Shuningdek, jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tahlil qilish va kelgusida rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhi tuzilgan.

Yangiliklar lentasi
0