Buyuk Mirzo Ulug‘bek haqida film Venetsiya kinofestivalida nufuzli mukofot oldi

© Facebook / Lola Karimova-TillyaevaLola Karimova-Tillyayeva s suprugom Timurom Tillyayevim na 74-m Venetsianskom kinofestivale
Lola Karimova-Tillyayeva s suprugom Timurom Tillyayevim na 74-m Venetsianskom kinofestivale - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon kinosi yulduzlari Vinsent Kassel, Armand Assante, Fransisko Ovalle ishtirok etgan filmga Lola Karimova-Tillyayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayev kinoproduserlik qilishgan

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Xalqaro Venetsiya kinofestivalida o‘rta asrlar buyuk allomasi va mutafakkiri Mirzo Ulug‘bekning hayoti va ilmiy merosi haqida hikoya qiluvchi "Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon" filmi "Eng yaxshi xorijiy hujjatli film" nominatsiyasida nufuzli "Kineo" mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Lola Karimova — Tillyayeva o‘z Facebookdagi sahifasida ma’lum qildi.

Film produserlari — Lola Karimova-Tillyayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayev, rejissor — Bahodir Yuldoshev.

© Facebook / Lola Karimova-TillyaevaLola Karimova-Tillyayeva s suprugom Timurom Tillyayevim na 74-m Venetsianskom kinofestivale
Lola Karimova-Tillyayeva s suprugom Timurom Tillyayevim na 74-m Venetsianskom kinofestivale - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova-Tillyayeva s suprugom Timurom Tillyayevim na 74-m Venetsianskom kinofestivale

Rejissor Bahodir Yuldoshev ushbu kinokartinada XV asrning buyuk astronomi hamda Movarounnahr hukmdori Mirzo Ulug‘bek hayotidagi fojialar, mushkulotlar va zafarlarni aks ettirishga harakat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu kinolenta shu yilning iyul oyida Jenevada ushbu tarixiy hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tgan edi. Shuningdek, Italiyaning Iskya orolida bo‘lib o‘tgan kinofestivalda ham eng yaxshi hujjatli film sifatida g‘olib bo‘lgan edi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0