Abdulla Aripov "Tashkent City"da boshlangan qurilish ishlari bilan tanishdi

Obuna bo‘lish
Abdulla Aripov mazkur loyihaning amalga oshirilishi bo‘yicha qilinayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi

TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Bugun O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov "Tashkent City" xalqaro biznes markazida boshlangan qurilish ishlari bilan tanishish uchun qurilish maydoniga keldi. Bu haqda uznews.uz xabar qilmoqda.

Abdulla Aripov mazkur loyihaning amalga oshirilishi bo‘yicha qilinayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Qurilishga mas’ul shaxslarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bosh vazirga Toshkent shahri va Shayxontohur tumani hokimlari hamrohlik qildi.

Odobrena konsepsiya Tashkent city - Sputnik O‘zbekiston
"Tashkent City"da quriladigan binolarning balandligi 40 qavatgacha bo‘ladi

Eslatib o‘tamiz, "Tashkent City" xalqaro biznes markazi Islom Karimov, Alisher Navoiy shohko‘chalari, Furqat va Olmazor ko‘chalari orasida 80 gektar maydonda joylashadi.

Xalqaro biznes markazi seysmik xususiyatlar, shaharning arxitektura qiyofasi, Markaziy Osiyo shaharsozlik an’analaridan kelib chiqqan holda tabiat bilan hamohanglikda barpo etiladi.

Biznes ofis, mehmonxona va apartamentlar uchun mo‘ljallangan, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bunyod etiladigan binolarning balandligi 40 qavatdan oshmaydi, turarjoylarning balandligi esa 12 qavatgacha bo‘ladi.

Xalqaro biznes markazi Turkiyaning Tabanlıoğlu Architects kompaniyasi tomonidan tayyorlangan bosh reja asosida quriladi.

Yangiliklar lentasi
0