Qozog‘iston parlamenti O‘zbekistonga avtobus yo‘nalishlari ochilishini ma’qulladi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPassajiri na avtovokzale
Passajiri na avtovokzale - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yil oxiriga qadar O‘zbekiston va Qozog‘istonning yirik shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Qozog‘iston parlamenti yuqori palatasi deputatlari O‘zbekiston bilan xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar, xususan, yo‘lovchi avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish haqida o‘zgartirish kiritilishini ma’qulladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Reysovie avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida avtobuslarning muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Sentabr oxirlarida mazkur qonun loyihasi ko‘rib chiqilgan va respublika parlamentining quyi palatasi tomonidan ma’qullangandi.

Qozog‘iston investitsiya va taraqqiyot vaziri Jenis Qosimbekning aytishicha, hozirda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida yo‘lovchi avtobuslar qatnovi mavjud emas. Hukumatlararo bitimga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirganidan so‘ng ikki mamlakatning yirik shaharlari o‘rtasida muntazam ravishda yo‘lovchi avtobuslar qatnovi ochiladi. Qatnovlarni joriy yil oxiriga qadar yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, har bir tashuvchiga ma’lum yo‘nalish bo‘yicha besh yil davomida faoliyat ko‘rsatish huquqi beriladi.

Qonun loyihasi imzolash uchun davlat rahbariga taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0