O‘zbekiston va Turkiya 3,5 mlrd dollarlik hujjatlarni imzolashadi - Mirziyoyev

© Ofitsialniy sayt prezidenta TursiiPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan v Ankare
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan v Ankare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng jurnalistlar oldida chiqish qilgan Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sotiq darajasi mamlakatlar salohiyatiga mos emasligiga urg‘u bergan

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Turkiya umumiy hajmi 3,5 milliard dollarlik hujjatlarni imzolashadi, deb bayonot berdi jurnalistlarga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng.

O‘zbekiston prezidenti Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan o‘zbek-turk biznes-forumida umumiy hajmi 3,5 mlrd $lik 35 ta hujjat imzolanadi, deya qayd etgan, deb xabar qiladi Sputnik muxbiri.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan v Ankare - Sputnik O‘zbekiston
Turk ishbilarmonlari Mirziyoyevga O‘zbekistonda biznes yuritish borasida nima dedi?
Shuningdek, Mirziyoyev Turkiya O‘zbekiston uchun ishonchli va muhim hamkor ekanligini alohida ta’kidlagan.

O‘z navbatida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on ham O‘zbekistonni barcha munosabatlarda strategik ahamiyatga ega mamlakatligini qayd etgan. Turkiya rahbari Mirziyoyevning mamlakatga tashrifini — tarixiy hodisa, deb ta’kidladi.

Rajab Toyib Erdo‘g‘on O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-sotiq darajasi mamlakatlar salohiyatiga mos emasligini qo‘shimcha qilgan.

Bunga javoban O‘zbekiston prezidenti joriy yilning birinchi to‘qqiz oyimobaynida mamlakatlar o‘rtasidagi tovaraylanmasi deyarli 30%ga o‘sganini aytgan. Va "Bu juda kam" deya qo‘shimcha qilgan. Prezident fikriga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo-sotiq 5-6 mlrd dollarni tashkil qilishi lozim. 2016-yilda esa bu ko‘rsatkich 1,2 mlrd dollarga teng bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0