Turk ishbilarmonlari Mirziyoyevga O‘zbekistonda biznes yuritish borasida nima dedi?

© ADEM ALTAN / AFPPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan v Ankare
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan v Ankare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim ishtirokida bo‘lib o‘tgan ikki mamlakat moliya va ishbilarmon doiralari uchrashuvida Mirziyoyev ishbilarmonlarning O‘zbekistonda biznes yuritish borasidagi fikrlari bilan qiziqdi

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Istanbul shahrida Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirimni qabul qildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Hukumati portali.

Uzbekistan-Tursiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston – Turkiya: ko‘p yillik samarali hamkorlik
Uchrashuvda 25-oktabr kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotda hamkorlikning bugungi holati xolisona baholanib, uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olingani ta’kidlandi.

Shuningdek, Mirziyoyev va Yildirim ishtirokida ikki mamlakat moliya va ishbilarmon doiralari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida imzolangan hujjatlar ulkan ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Shuningdek, 26-oktabr kuni Istanbulda o‘tkazilgan ikki mamlakat ishbilarmon doiralari biznes-forumida yirik energetika obyektlari va yo‘l infratuzilmalarini qurish, to‘qimachilik mahsulotlari, elektr jihozlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat va agrosanoat tarmog‘ida zamonaviy sanoat va logistika markazlari tashkil etish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolangani ta’kidlandi.

Mirziyoyev ishbilarmonlarning O‘zbekistonda biznes yuritish borasidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Shavkat Mirziyoyev vo vremya gosudarstvennogo vizita v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisiga tashrif buyurdi
Turkiyalik ishbilarmonlar Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi. Valyuta bozori erkinlashtirilgani, viza olish tartibi soddalashtirilgani o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun qulayliklar yaratgani ta’kidlandi.

Muloqotda O‘zbekiston va Turkiyaning moliya tashkilotlari, firma va kompaniyalari o‘rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro mahsulot yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0