Shavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisiga tashrif buyurdi

© meclishaber.gov.trShavkat Mirziyoyev vo vremya gosudarstvennogo vizita v Tursiyu
Shavkat Mirziyoyev vo vremya gosudarstvennogo vizita v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buyuk millat majlisi Turkiya Respublikasining oliy qonun chiqaruvchi organi bo‘lib, unga 1920-yil 23-aprelda asos solingan

TOShKENT, 26 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi spikeri Ismoil Qahramon bilan uchrashdi.

25 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan oliy darajada muzokaralarda parlamentlararo hamkorlikni tashriflar almashinuvi va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish orqali qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etilgan edi. Muloqotda mazkur yo‘nalishdagi aloqalarni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Glava Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tursii Redjep Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Erdo‘g‘on nimalarga kelishib oldi?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev Buyuk millat majlisi binosi va faoliyati bilan tanishdi.

Buyuk millat majlisi Turkiya Respublikasining oliy qonun chiqaruvchi organi bo‘lib, unga 1920-yil 23-aprelda asos solingan.

2015 yilda o‘tkazilgan parlament saylovi natijalariga ko‘ra Majlisda 4 partiya o‘z fraksiyasiga ega. Adolat va taraqqiyot partiyasi vakili Ismoil Qahramon uning spikeridir.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-oktabr kuni Rajab Toyib Erdo‘g‘onning taklifiga binoan Turkiyaga davlat tashrifi bilan keldi.

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Toyib Erdo‘g‘on o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar yakunida ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikning turli sohalariga doir 20 dan ziyod hujjat imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0