O‘zbekiston bolalar bog‘chalarida ovqat tayyorlashdan voz kechiladi

© Sputnik / Igor ZaremboObed v detskom sadu
Obed v detskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil sentabr oyi oxirida O‘zbekiston tarixida ilk bor maktabgacha tarbiya vazirligi tashkil qilingan edi.

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekistonda bolalar bog‘chalarida o‘z tarbiyalanuvchilari uchun ovqat tayyorlashdan voz kechish bo‘yicha yangicha tartibni tatbiq etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.

Ministr doshkolnogo obrazovaniya Uzbekistana Agrepina Shin - Sputnik O‘zbekiston
Maktabgacha ta’lim vazirligiga rahbar tayinlandi

Buning uchun ixtisoslashtirilgan keytering kompaniyalarini jalb qilish rejalashtirilgan.

Kompaniyalarni tanlash jarayonida oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli, xavfsiz va sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya qilinishiga alohida e’tibor beriladi.

"Ushbu kompaniyani nafaqat oziq-ovqatlarni sifatli tayyorlanishiga, balki belgilangan talablarga mos ravishda yetkazilishi va o‘ralishiga alohida e’tibor bergan holda tanlaymiz. Asosiy maqsad — bolalar uchun sifatli va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash. Buning natijasida yana bir dolzarb muammo yechiladi. Bog‘cha xodimlari tarmoq vazifalariga tegishli bo‘lmagan vazifalardan ozod etilib, birinchi navbatda bolalar tarbiyasi va ta’limi bilan shug‘ullanishadi", — deb ta’kidladi Sputnik muxbiriga Xalq ta’limi vazirligidagi manbaasi.

Eslatib o‘tamiz, maktabgacha ta’lim vazirligi shu yilning sentabri oxirida tashkil etilgandi. Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori bo‘lib ishlagan, senator Agrippina Shin ushbu idora vaziri etib tayinlandi.

Bugungi kunda respublikada 4916 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatadi. Yaqin besh yil ichida yangilangan loyihalar bo‘yicha yana 50 ta bolalar bog‘chasi qurish mo‘ljallangan. Shuningdek, bu davr mobaynida 1167 ta bolalar bog‘chasi rekonstruksiya qilinadi, 983 ta bog‘cha esa joriy ta’mirlanadi.

Yangiliklar lentasi
0