Mirziyoyev Anqaradagi matbuot-anjumanida hammani lol qoldirdi

© Pool Photo via APPrezidenti Uzbekistana i Tursii Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan
Prezidenti Uzbekistana i Tursii Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tarjimon Turkiya aviakompaniyasi rahbari Basim-beyga O‘zbekiston prezidenti taklifini tarjima qilgach, Basim-bey "Turk matbuot vakillarini O‘zbekistonga tekin olib borib, olib kelish majburiyatini o‘z zimmamga olaman", deb va’da berdi.

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi "Xalq bilan muloqot" guruhida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on bilan birgalikda o‘tkazgan matbuot-anjumanida zalda to‘planganlarni lol qoldirgani aks ettirilgan videolavha e’lon qilindi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Glava Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tursii Redjep Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Erdo‘g‘on nimalarga kelishib oldi?
Videoda O‘zbekiston prezidenti Turkiya bilan imzolangan hujjatlar borasida to‘xtalar ekan: "Turizm bo‘yicha katta-katta masalalar ko‘rilib, ziyorat turizmini boshlashga kelishib oldik", deb qayd etdi hamda Turkiyaning eng yirik aviakompaniyalari bilan strategik sherikchilikni yo‘lga qo‘yishga kelishishganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Mirziyoyev Samarqand-Istanbul reysini mart oyiga qoldirmasdan, shu yilning oktabr-noyabr oylarida yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.

"Zalda o‘tirgan eng katta ikkita aviakompaniya rahbarlari axborot vositalari xodimlarini O‘zbekistonga bepul yuboramiz, deb va’da bersalar, turk axborot vositalari xodimlari birinchi bo‘lib Samarqand va Buxoroga borib kelishsa, yo‘l ochiladi. O‘rtoq Rozuqulov (O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi rahbari, tahr.), ayt, zalda o‘tirgan ommaviy axborot vositalari rahbarlarini uch kun-bir hafta O‘zbekistonda bepul mehmon qilaman, deb va’da ber", — dedi O‘zbekiston prezidenti Rozuqulovga murojaat qilib.

Tarjimon Turkiya aviakompaniyasi rahbari Basim-beyga O‘zbekiston prezidenti taklifini tarjima qilgach, Basim-bey "Turk matbuot vakillarini O‘zbekistonga tekin olib borib, olib kelish majburiyatini o‘z zimmamga olaman", deb va’da berdi.

Yangiliklar lentasi
0