O‘zavtosanoat hamda GM yangi GM-O‘zbekiston Alyansini tashkil etdi

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi Alyans O‘zbekiston avtosanoatini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi

TOShKENT, 26 okt – Sputnik. "O‘zavtosanoat" AJ hamda GM kompaniyasi yangi GM-O‘zbekiston Alyansini tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda GM Uzbekistanning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Aytilishicha, bu O‘zbekistonning o‘sib borayotgan avtomobil sanoatining talablariga javob beradigan yangi hamkorlik platformasi bo‘lib, yangi Alyans O‘zbekiston avtosanoatini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

GM O‘zbekiston Alyansi doirasida "O‘zavtosanoat" AJ hamda GM kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillar va dvigatellarini ishlab chiqarish, hamda ichki va tashqi bozorda Chevrolet va Ravon brendlari ostida avtomobil savdosi bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan Piter va Samarada avtomobil yig‘ishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Tomonlar yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan loyihalar ustida ishlashda davom etadi. GM O‘zbekiston Alyansi doirasida tomonlar shuningdek MDH va yangi bozorlarda eksportni kengaytirish masalalarini o‘rganishadi.

Alyans shuningdek, GM kompaniyasining avtomobil texnologiyalari va nou-xaularidan foydalanishni ta’minlaydi.

Alyans doirasida "O‘zavtosanoat" AJ avtomobil va dvigatellarni ishlab chiqarish bo‘yicha operatsion faoliyat, shu jumladan tashqi bozorda GM mahsulotlari uchun Ravon brendini dunyoga tanitish bo‘yicha nazoratni to‘liq o‘z zimmasiga oladi.

"Sohaning mustahkamlanayotganini inobatga olgan holda, xozir Alyansga o‘tishning ayni vaqti. GM kompaniyasi O‘zbekistonda qoladi va mamlakatdagi avtomobil sanoati rivojiga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi", — deydi GM Operations Uzbekistan rahbari Xektor Vilyarreal.

Ikki tomon Alyansga o‘tish bandlik darajasiga yoki avtomobil va dvigatellar ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qilmasligini tasdiqlaydi. GM kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil va dvigatellar ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlarni yetkazib berishni hamda O‘zbekiston avtosanoatini konsultativ hamda texnik ko‘mak berishga yo‘naltirilgan yangi tashkil topayotgan GM Advisory Services kompaniyasi orqali qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0