TOShKENT, 26 okt – Sputnik. Moskvaning "Lokomotiv" klubi va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov terma jamoaning 2018-yilgi jahon chempionati saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsizligini shaxsiy fojia deb hisoblaydi.
"Bu men uchun alohida fojia. Biz darhaqiqat yaxshi uchrashuvlar o‘tkazdik va yaxshi istiqbol bor edi. Guruhimiz ham chidasa bo‘ladigan edi. Umuman olganda, bu haqda gapirish og‘ir", — dedi Denisov "Sovetskiy sport"ga bergan intervyusida.
Fuqaroligi haqidagi savolga javob berar ekan, Denisov uning vatani O‘zbekiston ekanligini ta’kidladi va tug‘ilib-o‘sgan yurti sharafini himoya qilayotganidan aslo afsuslanmasligini aytdi.
"Men hech ham afsuslanmayman. O‘zbekiston mening vatanim va men tug‘ilib-o‘sgan yurtim sharafini himoya qilaman. Agar Rossiya fuqarosi bo‘lganimda nima bo‘lgan bo‘lardi, buni hech kim bilmaydi, garchi limit borasida yengil bo‘lsa ham balki bu salbiy rol o‘ynashi ham mumkin edi. Lekin gap pasportda emas. Raqiblaringdan bir bosh ustun ekanligingni isbotlashing shart", — degan futbolchi.