TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Moskva meri Sergey Sobanin Moskvaga migrantlar oqimini kamaytirish maqsadida patent uchun to‘lovni oshirishni taklif qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
"Albatta, biz shaharda migrantlar soni eng maqbul darajada bo‘lishi uchun ishlashimiz kerak. Shuning uchun biz patent tizimini joriy etdik va bugungi kunda migrantlar neft kompaniyalarga qaraganda ko‘proq budjetga pul to‘laydilar. Bu yana bir daromad manbaidir. Men o‘ylaymanki, migrantlarning to‘lovi bizning moskvalik ishchilar to‘lovlariga miqdor jihatdan mos bo‘lishi uchun shu yilda migrantlar uchun patent to‘lovini oshirish mumkin", — deb ta’kidladi Sobanin Moskva shahar dumasida yillik hisobotida.
Bugungi kunda mehnat migrantlari uchun patent to‘lovi har oyida 4200 rublni tashkil qiladi.
Moskva meri to‘lovni qancha miqdorga oshirish zarurligini aytib o‘tmadi. Bugungi kunda 20 ming moskvalik ishchilarga ishga qabul qilish bo‘yicha 170 ming ish o‘rinlar taklif qilingan.