O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yo‘lovchi vagonlar eksport qilinmoqda

© Uzbekiston temir yullariVagon passajirskogo podvijnogo sostava pod firmennim znakom Made in Uzbekistan
Vagon passajirskogo podvijnogo sostava pod firmennim znakom Made in Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yilda Rossiya va Qozog‘iston davlatlari tomonidan O‘zbekiston vagonsozlari ishlab chiqarayotgan plaskart va kupe vagonlariga qiziqish katta bo‘lgan edi

TOShKENT, 25 okt – Sputnik.  “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati o‘z mahsulotlarini eksport qila boshladi.  Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Turkmenistan Airlines samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda turkman vagonlari va samolyotlari ta’mirlanadi

Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi”da metro vagonlarini ta’mirlash ishlari o‘zlashtirildi, yangi ko‘rinishdagi yo‘lovchi vagonlar ishlab chiqarila boshlandi.

2016 yilda Rossiya va Qozog‘iston davlatlari tomonidan O‘zbekiston vagonsozlari ishlab chiqarayotgan plaskart va kupe vagonlariga qiziqish katta bo‘lgan edi. Joriy yilda esa ular uchun mo‘ljallangan yangi ko‘rinishdagi qulay vagonlarni ishlab chiqarishga kirishildi.

Yil oxiriga qadar 5 ta plaskart va yana shuncha kupe vagonlariga buyurtmalar kelib tushdi. Shu yilning iyunida jahon standarti sertifikati qo‘lga kiritildi.

Vagonlar dizayni buyurtmachilar talabi asosida ishlab chiqildi. Ilk 4 ta vagon iyul oyida buyurtmachilarga jo‘natilgan bo‘lsa, yil oxiriga qadar qolgan mahsulotlar ham o‘z egalariga yetkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0