Sobiq Pokiston prezidenti - Musharrafdan qotillik ayblovi olib tashlandi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishParvez Musharraf.
Parvez Musharraf. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parvez Musharraf 2006-yilda o‘ldirilgan Belujiston millatchilar yetakchisi Akbar Bugti qotilligida ayblanib, sudga tortilgan edi. Pokiston sudi undan va ushbu ish yuzasidan gumonga olingan boshqa kishilardan barcha ayblovlarni olib tashladi.

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Dushanba kuni Pokiston sudi millatchilar yetakchisi Akbar Bugti qotilligida ayblanayotgan mamlakat sobiq prezidenti general Parvez Musharrafning oqlanganligi haqidagi hukmni e’lon qildi, xabar qiladi Frans Press agentligi Musharraf advokatlaridan olingan ma’lumotlar asosida.

Bugti ishi bo‘yicha hisbga olingan general 2013-yil oktabr oyida garov evaziga ozodlikka chiqarilgan edi. U bundan tashqari ham bir nechta ayblovlar bo‘yicha tergov ishlarida qatnashmoqda.

"Sud sobiq prezident Parvez Musharrafga qarshi hamda bu ishda gumon qilingan boshqa shaxslardan aybni soqit qildi", — xabar qildi mamlakat IIV sobiq rahbari Oftob Sharpao.

2013 yil Musharraf Pokiston IIV “qora ro‘yxati”ga kiritilgan edi. Advokatlar ushbu ro‘yxatdan Musharraf ismini o‘chirishni so‘rab, sudga murojaat qildilar. Musharraf ustidan davlat xoini sifatida ham jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari taxminiga ko‘ra, 2001 —2008 yillarda Pokiston prezidenti lavozimini egallagan Musharraf, 2007-yil mamlakatda favqulodda holat e’lon qilib, Oliy sud a’zolarini hisbga olishga buyruq bergani Davlatga nisbatan amalga oshirilgan xoinlik, deb baholangan.

Pokiston qonunlariga muvofiq, davlat xoinlariga o‘lim yoki umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin. Musharrafning vatan xoini sifatida hibsga olinishi 2013-yilda Pokiston hukumati tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0