Paxta yarmarkasiga 44 davlatdan 1500 nafar mutaxassis keladi

Obuna bo‘lish
Yarmarka doirasida turli mamlakat mutaxassislari paxta savdosi, logistika va sug‘urtalash masalalari borasida fikr almashadilar.

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Toshkentda 23-27 oktabr kunlari bo‘lib o‘tdigan XIII Xalqaro paxta yarmarkasiga 1,5 mingda ortiq  chet mamlakatlik mutaxassislar kelishadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi.

Paxta yarmarkasi doirasida 16ta mavzuyiy sessiyalar bo‘lib o‘tadi. Ularda turli mamlakat mutaxassislari paxta va to‘qimachilik sanoati rivojlanishi, jahon paxta bozoridagi tendensiyalar, paxta savdosi, logistika va sug‘urtalash masalalari borasida fikr almashadilar.

 

Undan tashqari mutaxassislar paxta yetishtirishda eng yangi texnologiyalar, genetika va biotexnilogiya muammolari, yangi sortlarni seleksiya qilish, zararkunanda hashorotlarga qarshi kurash masalalarini muhokama qilishadi.  

 

Yangiliklar lentasi
0