TOSHKENT, 24 okt — Sputnik. Toshkentda firibgarlikning yangi turi paydo boʻldi: ishonuvchan haydovchilarni qorin ogʻrigʻini toʻxtatish dori vositasi bilan aldashmoqda. Nuz.uz xabariga asosan.
Firibgarlar haydovchilardan dori vositasi pulini bergan holda yetkazib berishni soʻraydilar. Haydovchilarga dori yetkazib berilganligi va dorining narxi joyida toʻlashiga vaʼda beriladi. Lekin ishonuvchan haydovchilarni koʻrsatilgan manzilda hech kim kutmaydi. Bu dori esa oddiy arzon deareyaga qarshi dori vositasi boʻlib chiqadi.
"Bu voqea hozirgina sodir boʻldi. Tekstil kasalxonasi yaqinida bir yigit mashinamni toʻxtatdi. Yogʻ-moy zavodigacha bu dorini olib borib qoʻyishni soʻradi. Dorini yetkazib berish kerak boʻlgan ayolning telefon raqamini berdi. Ayol dorini yetkazib berilishi uchun 10 ming soʻm toʻlashini aytdi. Mashinani toʻxtatgan yigitga dori uchun 35 ming soʻm berish kerakligini aytdi. Pulni berdim. Yogʻ-moy zavodigacha bordim… Telefon oʻchirilgan ekan. Ha, tushunarli. Aldashdi. Boshqa qilgan xatodan oʻrganish kerak. Ogoh boʻlinglar. Dori aslida atigi 3500 soʻm turar ekan", — deb yozgan Facebookdagi "Voditeli Tashkentda" guruhi aʼzolaridan biri.
Ushbu firibgarlardan jabr koʻrganlar ham bu xabarga izohlar qoldirishdi. Haydovchilar birgalikda jinoyatchining tashqi koʻrinishini ham tasvirlashgan. Keyinchalik ogohlik postlari boshqa guruhlariga tarqalib ketdi.
Huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari muxbirga bu harakatlar haqiqatda sodir etilgan boʻlsa, bu firibgarlik hisoblanishini maʼlum qildi. Lekin hozircha bu haqda huquq tartibot idoralariga hech kimdan ariza bilan murojaat qilmagan.