O‘zbekistonda 2022-yilga qadar yo‘l-patrul xizmati postlari modernizatsiya qilinadi

© StringerUzbekskiy militseyskiy avtomobil
Uzbekskiy militseyskiy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘yicha jami 23 ta yo‘l-patrul xizmati postlari rekonstruksiya qilinadi

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2022-yilga qadar yo‘l-patrul xizmati postlarini bosqichma-bosqich rekonstruksiya va modernizatsiya qilish chora-tadbirlar dasturini tasdiqladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Voditel za rulem avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi va "texpasport" narxi e’lon qilindi

Ushbu hujjat talablariga ko‘ra, 23 ta yo‘l-patrul xizmati postlarida ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Barcha obyektlar hududlarni to‘liq qamrab olish hisobi bilan quriladi. Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligi tomonidan barcha postlar markaziy axborot tizimiga ulash maqsadida internet aloqa tarmog‘i bilan ta’minlanadi.

Birinchi bosqichda 2019-yil fevral oyigacha Toshkent viloyatida A373 avtomobil yo‘lining 134 kilometrida yangi post barpo etiladi. Shuningdek, Namangan viloyatida "Angor" posti rekonstruksiya qilinadi.

Kelgusi bosqichlarda barpo etiladigan obyektlar soni ko‘payib boradi. Jumladan, ikkinchi bosqichda 2019-yil noyabrda 4 ta — "Loish" (Samarqand), "Qibray" (Toshkent vil.), "Qizilqum" (Buxoro) va "Soybo‘yi" (Farg‘ona) postlari barpo etiladi. To‘rtinchi bosqichda 5 ta post quriladi. Kelgusi bosqichlarda yangi postlar soni ortib boradi.

Inspektoram profilaktiki vrucheni klyuchi ot kvartir i mashin - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev bir guruh ichki ishlar xodimlarini mukofotladi
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar YHXB xizmat avtomashinalariga yo‘llardagi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus avtomatlashtirilgan tizimni o‘rnatishni loyihasini amalga oshirish boshlangandi. Xavfsizlik xizmati xodimlari ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘l xavfsizligi xizmat avtomashinalari maxsus qurilmalar bilan jihozlanmoqda.

Maxsus qurilma avtomashinalar bevosita harakatlanayotgan jarayonda davlat raqamlarini avtomatik tarzda aniqlaydi.

Yo‘l xavfsizligi xizmatida maxsus ma’lumotlar bazasi yuritiladi. Ushbu bazaga jarimalarni to‘lashdan qochib yurgan haydovchilar va qidiruvdagi avtomashinalarning davlat raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizimli ravishda kiritib borilmoqda. Maxsus qurilma yordamida ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar bilan solishtirilib, davlat raqami mavjud bo‘lgan avtomashinalar haqida yo‘l xavfsizligi xizmati inspektoriga xabar beriladi. Shundan so‘ng, qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi avtomashinasi to‘xtatiladi.

Yangiliklar lentasi
0