Moldova hukumat inqirozi arafasida

Obuna bo‘lish
Respublikaga prezident tomonidan tasdiqlanmagan Mudofaa vaziri tayinlandi. Parlament prezidentga impichment e’lon qilishi mumkin.

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Dastlab shuni aytib o‘tish kerak-ki, Moldovada prezident huquqlari ancha cheklangan, parlamenti huquqlari esa – nisbatan ko‘proq, Sputnik Moldova xabarlariga asosan.

Aynan shu sababli 2017-yilning 3-aprelida Moldovaga Igor Dodon prezident bo‘lganidan beri Parlament va prezident orasida doimiy kelishmovchiliklar bo‘lib kelmoqda. Prezident taklif qilgan qonun loyihalari parlament tomonidan blokirovka qilib qo‘yilmoqda va aksincha.

Moldova prezidenti Igor Dodon Dmitriyu Kiselevu bilan suhbatda - Sputnik O‘zbekiston
Moldova prezidenti: Bizga MDH bilan hamkorlik qilish samarali

Ana shunday qarama-qarshilikning eng so‘nggisi davlat hukumati inqiroziga olib kelishi mumkin. Parlament  Yeudjen Sturzani ushbu lavozimga ikki karra taklif qilishiga  qaramasdan prezident unga rad javobi berdi.

Shundan so‘ng Molodva parlament Konstitutsion sud orqali mudofaa vazirini tayinlash huquqiga ega bo‘ldi va bugun Yeudjen Sturzani ushbu lavozimga tayinladi.

Moldova prezidenti Igor Dodon yangi Mudofaa vazirini tan olmasligini va ushbu holat qonun doirasida tashqarida ekanligini e’lon qildi. Shu birga yana bir bor Mamlakatda muddatidan oldin parlament saylovi o‘tkazish kerakligini takrorladi.

“Mana endi hamma fuqarolar prezident boshqaruvidagi davlat tizimiga o‘tish kerakligiga amin bo‘lishlari mumkin. Prezident Konstiutsiyada belgilangan vakolatlarini amalga oshira olishi kerak. Bu siyosiy mantiqqa ko‘proq to‘g‘ri keladi”, — dedi Dodon.

Shu bilan birga, Dodon parlament unga impichment e’lon qilishidan qo‘rqmasligini, chunki u xalq tomonidan saylanganini va faqatina xalq uni ushbu lavozimdan mahrum qilishi mumkinligini ta’kidladi.

Igor Dodon - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston rahbari Moldovaning yangi saylangan prezidentini tabrikladi

Shuningdek Dodon, 2018-yildagi parlament saylovlarida u boshchilik qilayotgan partiya parlamentda ko‘pchillikka ega bo‘lishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Moldova Respublikasi Ruminiya va NATOning kuchli ta’siri ostida qolgan. Ruminiya Moldovani o‘z hududiga qo‘shib olishni istagida, shu maqsadda Ruminiya Moldova fuqarolari uchun rumin pasportlari bera boshlagan. NATO esa Rossiya chegarasiga yaqinroq bo‘lish maqsadida, Moldova hududida o‘z qo‘shnlarini joylashtirishni niyat qilgan. Shuning uchun Moldova Mudofaa vaziriga qanday qarashli kishi kelishi muhim.  

Undan tashqari Moldovaning yana bir muammosi bor. Uning Ukraina bilan chegarasida tan olinmagan Pridnestrovye Respublikasi joylashgan. U yerda ukrain,  moldovan va rus millatlari vakillari yashaydi. Sobiq SSSR tarqalib ketgandan so‘ng Prindnestrovye viloyatini Moldova ham Ukraina ham egallab olmoqchi bo‘lgan va unga nisbatan tajovuzkorona harakatlar boshlangan edi. 1992-yilda general Lebed boshchiligidagi Rossiya tinchlikparvar qo‘shnlari ushbu hududga kiritilishi bu yerda tinchlikni saqlab qolish imkonini bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0