O‘zbekiston rahbari Moldovaning yangi saylangan prezidentini tabrikladi

© AFP / DANIEL MIHAILESCUIgor Dodon
Igor Dodon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Moldova o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik munosabatlari va o‘zaro manfaatli hamkorlik bundan buyon ham rivojlanishiga ishonch bildirgan

TOShKENT, 17 noya – Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Moldova Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Igor Dodonni tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Maktubda davlat rahbari tomonidan O‘zbekiston va Moldova o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik munosabatlari va o‘zaro manfaatli hamkorlik bundan buyon ham rivojlanishi hamda mustahkamlanishiga ishonch bildirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Igor Dodonga mustahkam sog‘lik, birdamlik, mas’uliyatli davlat mansabida ulkan muvaffaqiyatlar, Moldova xalqiga esa tinchlik va taraqqiyot tiladi.

Yangiliklar lentasi
0