TOShKENT, 24 okt — Sputnik. 2017 yilning 22-oktabrida MGUning Toshkentdagi filialida "IT-school" — dasturchilar maktabiga tanlov bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda OTM rasmiy sahifasi.
Yoshlar ittifoqining shahar kengashi raisi Elbek Shukurov, Fan va texnologiyalar agentligi direktor o‘rinbosari Olimjon To‘ychiyev va MGUning Toshkent filiali Matematika va informatika fakulteti dekani Shuxrat Sheraliyevlar ushbu tanlovda kuzatuv komissiyasi a’zolari bo‘lishdi.
Tadbir o‘tkazishda Xalqaro Vestminister universiteti, Toshkent Meditsina akademiyasi, Gubkin nomli Rossiya neft va gaz universiteti talabalari ko‘ngilli yordam berishdi.
Tanlovda 300dan ortiq 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan maktab va kollej o‘quvchilari ishtirok etdi. Ular matematik logika bo‘yicha va S++ dasturlash tili bo‘yicha 6tadan topshiriqlar bajarishdi.
Tanlov g‘oliblari nomlari yaqin orada muassasa saytida e’lon qilinadi.