Toshkentdagi MGU filialida magistratura ochilishi mumkin

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishTalabalar
Talabalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Rossiyaga Toshkentdagi MGU filialida amaliy matematika va informatika bo‘yicha magistratura ochishni taklif qildi

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya ta’lim sohasidagi hamkorlikni sezilarli ravishda kengaytirishi mumkin, dedi bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasi majlisida.

O‘zbekiston tomoni Rossiyaga Toshkentdagi Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MGU) filialida amaliy matematika va informatika bo‘yicha magistratura, keyinchalik esa tabiiy fanlar bo‘yicha yangi fakultetlar ochishni taklif qildi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik 10 nafar talaba Rossiya universitetida tajriba almashmoqda

"Biz ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish borasida ulkan istiqbolga egamiz. Hozirda O‘zbekistonda Rossiyaning uchta yetakchi oliy o‘quv yurtlari filiallari muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda. Biz hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdormiz, O‘zbekistonda uchta yo‘nalish: qora va rangli metallar, tog‘ ishi va geologorazvedka bo‘yicha ilmiy-tadqiqot texnologiya universiteti filialini tashkil etishni taklif qilamiz", — dedi Rustam Azimov.

Bundan tashqari, bosh vazir o‘rinbosarining fikriga ko‘ra, hamkorlikning ushbu yo‘nalishini rivojlantirishda Gubkin nomidagi Rossiya davlat universiteti va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot universiteti o‘rtasida tuzilgan birgalikda ta’lim dasturlarini amalga oshirish haqidagi shartnoma muhim rol o‘ynaydi.

Bugungi kunda Rossiya oliy o‘quv yurtlaridagi talabalar soni bo‘yicha O‘zbekiston MDH davlatlari orasida yetakchilardan hisoblanadi. Ularning umumiy soni 17 mingdan oshadi. O‘tgan yilning o‘zida O‘zbekistondan 4 mingdan ortiq abituriyent Rossiya o‘quv yurtlariga o‘qishga kirdi.

Yangiliklar lentasi
0