TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyadan yuqori qo‘shilgan qiymatli o‘rmon sanoati mahsulotlari sotib olishga qiziqmoqda, dedi "O‘zagrotexsanoatxolding" boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari Caidabbos Saidaminov.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi yog‘ochdan uylar qurish bo‘yicha Rossiya tajribasini qo‘llash imkoniyatlarini muhokama qildi. Rossiyaga tashrif buyurgan delegatsiya shuningdek, yelimli bruslardan yog‘och uy komplektlari ishlab chiqariladigan korxona faoliyati va ko‘rgazmali yog‘och uylar dahasi bilan ham tanishdi, deb yozadi RIA Novosti.
"O‘zbekiston Rossiyadan yuqori qo‘shilgan qiymatli o‘rmon sanoati mahsulotlari sotib olishga qiziqmoqda. Mamlakatlarimiz birinchi navbatda yog‘ochdan uy qurish texnologiyasi sohasida hamkorlik o‘rnatishi lozim. Markaziy Osiyo iqlim sharoitida yog‘ochdan uy qurish sifatli va arzon uy-joylar yaratish imkonini beradi", — dedi Saidaminov.
Bugungi kunda Rossiyaning qator hududlarida yog‘och konstruksiyalar asosida bolalar bog‘chalari, sport inshootlari qurilmoqda.