Sirdaryoda g‘o‘zapoyadan DSP ishlab chiqariladi

© Sputnik / Aleksandr PolyakovDSP ishlab chiqarish stanogi
DSP ishlab chiqarish stanogi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumat qaroriga ko‘ra Jizzax, Surxondaryo va Toshkent viloyatidagi korxonalarda g‘o‘zapoyadan yog‘och qirindili plitalar ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. O‘zbekistonning yana bir viloyatida g‘o‘zapoyadan yog‘och qirindili plitalar ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi, deb yozmoqda Podrobno.UZ.

"Fayz" kompaniyasi yil oxiriga qadar Sirdaryo viloyatida ushbu qurilish materialini ishlab chiqaruvchi zavod barpo etadi. Zavod yiliga 30 ming kub metr mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, yangi korxona qiymati 3,5 million dollarni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq hukumat qaroriga ko‘ra O‘zbekistonning uchta viloyatida ana shunday zavodlar qurish ko‘zda tutilgandi. Jizzax viloyatidagi "Jizzax qurilish ziynati" XF, Surxondaryo viloyatidagi "Termiz-ta’minot" XKda yiliga 10 ming kub metrdan va Toshkent viloyatidagi Seowon Kiup QKda yiliga 30 ming kub metrdan yog‘och qirindili plitalar ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.

Loyihalar XXR raisi Si Szinpinning o‘tgan yil iyunda O‘zbekistonga tashrifi vaqtidagi kelishuvlar doirasida amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0