Xorazmlik aka-ukalar etil spirtidan zaharlanib vafot etishdi

© Sputnik / Nikolay XijnyakEtiloviy spirt
Etiloviy spirt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aka-ukalar ko‘cha-ko‘yda ko‘rinmay qolgach, shubhalangan qo‘shnilar IIBga xabar berishgan

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Xorazm viloyati Urganch shahrida aka-ukalar etil spirtidan zaharlanish oqibatida vafot etdi, deb xabar qildi viloyat IIB matbuot-xizmati.

Spirtli ichimlik - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda yashirin aroq "zavodi" aniqlandi
"Urganch shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida oilasiz, faqat o‘zlari istiqomat qilgan aka-ukalar: 1961-yilda tug‘ilgan M.Raximjon va 1963-yilda tug‘ilgan I.Muradlarning 2-3 kundan buyon ko‘cha-ko‘yda ko‘rinmay qolganligidan shubhalangan qo‘shnilari 2017-yil 17-oktabr kuni ichki ishlar bo‘limiga xabar berishdi". — deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, hodisa joyiga zudlik bilan yetib kelgan tergov-tezkor guruhi a’zolari xonadon eshigini ochib kirishgach, aka-ukani o‘z uyida o‘lik holda topishgan.

Murdalarning tanasida hech qanday jarohat izlari yo‘qligi sababli tezkor xodimlarning diqqatini shu yerda turgan tibbiyot etil spirtining bo‘shagan ikkita plastik idishi tortdi, qayd etiladi IIB xabarida.

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, aka-ukalar etil spirtidan zaharlanishi natijasida vafot etishganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0