Shavkat Mirziyoyev 25-27 oktabrda Turkiyaga boradi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Turkiya rahbariyati ikki mamlakat orasidagi hamkorlikning bugungi kuni va ertasini muhokama qilishadi va bir necha shartnomalar imzolashadi.

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu haftada Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on taklifiga binoan Turkiyaga uch kunlik tashrif bilan boradi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

O‘zbekiston yetakchisining tashrifi 25-27 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Tashrif davomida tomonlar ikki mamlakat orasidagi hamkorlikning bugungi holati va kelajagiga doir masalalarni muhokama qilishi hamda bir necha shartnomalar imzolashi rejalashtirilgan.

Turkiya fuqarolari uchun kirish vizasi olish osonlashtirildi

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marotaba O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari 10-sentabr kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan IHT sammitida uchrashishgan edi. O‘shanda Turkiya bilan turizm, fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik qiilishga kelishib olishgan edi. Shuningdek, aynan o‘sha uchrashuv vaqida O‘zbekiston va Turkiya orasida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish haqida kelishib olishgan edi.

Prezident tashrifidan oldin O‘zbekiston Turkiya fuqarolari uchun kirish vizalari olish tartibini osonlashtirdi. Bundan buyon Turkiyadan O‘zbekistonga kelayotgan shaxslarga o‘zbekistonlik jismoiy yoki yuridik shaxsning rasmiy taklifnomasi kerak bo‘lmaydi va viza hujjatlar topshirilganidan keyin uch kun ichida beriladi.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston va Turkiya orasidagi tavr ayrboshlash 1,2 mlrd dollarni tashkil qiladi. Ikki mamlakat imkoniyatlarini hisobga olgan taqdirda bu juda kam.

Bugungi kunga qadar Turkiya kompaniyalari O‘zbekistonda umumiy qiymati 2 milliard dollardan ko‘p bo‘lgan 110ta loyiha amalga oshirmoqda. Turkiya sarmoyalari miqdori esa 1,2 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0