TOShKENT, 23 okt — Sputnik. O‘zbekiston rahbariyati yangi baliqchilik xo‘jaligini rivojlanitirish uchun tabiiy suv havzalaridan 1218 gektar va sun’iy suv havzalarida 231 gektar maydon ajratadi, deb xabar qilmoqda “Ipoteka bank” matbuot xizmati.
Sohani rivojlantirish uchun “Ipoteka bank” tomonidan 2,3 milliard so‘m miqdorda mablag‘ ajratiladi.
Ayni damda respublikada 200 dan ortiq baliqchilik korxonalari faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yilda 7,5 ming tonna balik yetishtirilgan bo‘lsa, 2017-yilning boshidan boshlab ushbu krsatgich 4 ming tonnadan oshdi. Yil oxiriga qadar 8 ming tonna baliq yetishtirish rejalashtirilgan.
Ipoteka bank xabariga ko‘ra, Navoyi viloyatida baliqchilikni rivojlantirish va parhez mahsulotni xorijga eksport qilish maqsadida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining baliq resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida Navoiy viloyatidagi 30 baliqchilik xo‘jaliklariga tender asosida ko‘l hududidan 2 ming gektar maydon ajratiladi.