TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Kecha O‘zbekiston futbolida misli ko‘rilmagan holat yuz berdi: futbolchi raqibini urib yiqitib, yerda yotgan o‘yinchini oyog‘i bilan tepdi!
«Navbahor» va “Qo‘qon-1912”jamoalari o‘yining 40 daqiqasida, Oybek Qilichev unidan to‘pni olmoqchi bo‘lgan raqib o‘yinchisini tirsagi bilan urib yiqitdi. Vaziyatni nafaqat hakam, balkim tribunalarda o‘tirgan tomoshabinlar ham ko‘rib norozilik bildira boshlashdi.
Hakam ikkilanmasdan Qilichevga “qizil kartochka” ko‘rsatdi. Bundan Qilichevning undan badtar jahli chiqdi shekilli, o‘tib ketayotib haliyam yerda yotgan futbolchini oyog‘i bilan yana bir tepdi… Yo-tavba, futbolmi, bu yo qoidasiz jang?
Ushbu o‘taketgan qo‘pollik ikkala jamoaning ham 99% muxlislarining jahlini chiqardi. Video ostida qoldirilgan izohlarni yosh bolalar va ayollar o‘qimasin ishqilib…
Eslatib o‘tamiz, Oybek Qilichev boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi To‘lqin Qilichevning ukasi bo‘ladi. Faqatgina 2017-yil davomida ushbu futbolchi raqib o‘yinchilariga qo‘pollik qilgani uchun bir necha marotaba jazolangan edi.