TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Namanganning "Navbahor" klubiga yangi prezident tayinlandi, deb xabar qildi Namangan viloyati hokimligi klub matbuot xizmati xabariga tayangan holda.
"Viloyat hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozarov Namangan shahri hokimi Shavkat Abdurazakovni "Navbahor" klubining yangi prezidenti sifatida tanishtirdi. Viloyat hokimining o‘zi bir vaqtda viloyat futbol federatsiyasi prezidenti ham hisoblanadi", — deyiladi xabarda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov jamoaning birinchi davradagi ishtiroki haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan futbolchilar avvalo chiroyli o‘yin ko‘rsatishlari kerak, deb ta’kidlagan.
"Maydonda futbolchilar chiroyli va mazmunli o‘yin namoyish etishi lozim. Raqib darvozasiga bitta gol urib, yutuqni ushlab qolish maqsadida harakat qilishni noto‘g‘ri deb bilaman. Chiroyli o‘yin orqali g‘alaba sari intilish o‘yingohni to‘ldirib o‘tirgan muxlislarga quvonch baxsh etadi", — degan Bozarov.