Peterburgda noqonuniy migratsiya tashkil etgan 11 o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

© FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tergovchilar ularni 2017-yilning yanvaridan "Servis" MChJ nomidan xorij fuqarolarini migratsion ro‘yxatdan o‘tkazishda gumon qilishmoqda

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Sankt-Peterburgda noqonuniy migratsiya tashkil etgan 11 kishi hibsga olindi, deb xabar bermoqda "Fontanka" nashri.

Soxta hujjat tayyorlagan ayollar 7-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin - Sputnik O‘zbekiston
Soxta hujjat tayyorlagan ayollar 7-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

Operativ xodimlar noqonuniy migratsiya tashkil etish holati yuzasidan 31-avgust kuni olti o‘zbekistonlik qo‘lga olinganidan keyin qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida shahardagi 15 ofis va xonadonda tintuvlar o‘tkazdi.

Reydlar davomida qo‘lga olingan besh nafar o‘zbekistonliklardan 14 kompyuter, 27 mobil telefon, 100dan ortiq pasport, oltita muhr, 2,2 million rubl, besh ming dollar, 800 yevro va 400 ming so‘mga yaqin pul topilgan. Huquqni muhofaza qiluvchilar shuningdek, patentlar, tibbiyot daftarlari va boshqa hujjatlarni ham musodara qilishgan.

Shunday qilib, 21-oktabr kuni ertalab jinoiy ish bo‘yicha qo‘lga olinganlar soni 11 nafarga yetdi.

Tergovchilar ularni 2017-yilning yanvaridan "Servis" MChJ nomidan xorij fuqarolarini migratsion ro‘yxatdan o‘tkazishda gumon qilishmoqda. May oyi boshiga qadar ular 299 kishini noqouniy migratsion ro‘yxatdan o‘tkazishgan.

Yangiliklar lentasi
0