Soxta hujjat tayyorlagan ayollar 7-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSoxta hujjat tayyorlagan ayollar 7-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin
Soxta hujjat tayyorlagan ayollar 7-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva viloyatida yashovchi bu ayollar xorijliklarga soxta hujjatlar tayyorlash bilan shug‘ullanishgan.

 

TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Huquq tartibot organlari xodimlari Moskvada etnik jinoiy guruhning ikki a’zosini qo‘lga oldi, deb xabar beradi RIA Novosti huquq tartibot organidagi manbaga asoslanib.

Qo‘lga olingan ayollar xorijliklar uchun soxta migratsion hujjatlar tayyorlash bilan shug‘ullanishgan.

"Bolshie Kamenshiki ko‘chasidagi binolardan birida operativ xodimlar Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolarining noqonuniy bo‘lishlarini tashkillashtirish bilan shug‘ullanuvchi uyushgan guruh a’zolarini qo‘lga olishdi. Ular xorijliklarga soxta registratsiya va migratsiya kartalarini tayyorlab berishgan", — degan agentlik suhbatdoshi.

Qo‘lga olingan ayollar Moskva viloyatida yashashgan. Ular Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0