TOShKENT, 21 okt — Sputnik. 2007-2016 yillarda "Asaka" bank raisi sifatida ishlagan Qahramon Oripov maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda UZ24 hukumatdagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, 19-oktabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qarorni imzolagan.
Shuningdek, prezident qaroriga muvofiq Gulchehra Yo‘ldosheva ham maktabgacha ta’lim vaziriga o‘rinbosar etib tayinlangan.
Avvalroq, Toshkent axborot texnologiyalari kollejining sobiq direktori — Agrepina Shin maktabgacha ta’lim vaziri etib tayinlangandi.