AQSh va Gollandiya Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi boyliklariga ega chiqmoqchi

© AP Photo / Mikhail MetzelGulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh 550 million dollarga da’vo qilmoqda, Gollandiya qancha mablag‘ olmoqchi ekanligi hozircha ma’lum emas

TOShKENT, 21 okt – Sputnik. AQSh va Niderlandiya Gulnora Karimovaning Shveysariya bankida muzlatib qo‘yilgan 800 million franki (784 million dollar) ning katta qismini olishi mumkin, deb yozadi Le Temps gazetasi.

Gulnora Karimova O‘zbekistondan 2 mlrd $ o‘g‘irlagan

Nashrning ma’lum qilishicha, ushbu haftada Bernda Karimova ishini olib borayotgan Bosh prokuratura, federal adliya ofisi (adliya vazirligi), xalqaro ishlar bo‘yicha federal departament hamda taraqqiyot va hamkorlik direksiyasi ishtirokida maxfiy muzokaralar boshlangan. Ular Jenevadagi "Lombard Odier" xususiy bankida muzlatib qo‘yilgan Karimovaning pullarini restitutsiya ((noqonuniy o‘zlashtirilgan boylikni ortga qaytarish) qilish masalasini muhokama qilishadi. Gazeta manbalari restitutsiya haqidagi qaror tez orada qabul qilinishi mumkinligini bildirishgan.

Aytilishicha, AQSh hibs qilingan mablag‘ning 550 million dollarini "o‘zbek guruhlari moliyaviy operatsiyalar chog‘ida Amerika banklari va pullaridan foydalangani" uchun qaytarishni talab qilmoqda. Niderlandiya da’vo qilayotgan mablag‘ miqdori ma’lum qilinmagan.

Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura Gulnora Karimova ustidan ochilgan jinoyat ishlari bo‘yicha xabar berdi

Le Tempsning qayd etishicha, muzlatilgan mablag‘lar turli telekommunikatsiya kompaniyalaridan pora sifatida olingan. Shveysariya bu mablag‘lar aholi manfaati uchun xizmat qilishini ta’minlash maqsadida nazoratli restitutsiyani amalga oshirishni ko‘zda tutmoqda. Biroq Toshkent ushbu mablag‘larni nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi degan xavotir mavjud.

Eslatib o‘tamiz, 2013-yil oktabrda Gulnora Karimovaga nisbatan 2011-2013 yillarda uyushgan jinoiy guruhga bevosita ko‘maklashib, qator jinoyatlarni sodir etgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2015-yil 21-avgustdagi hukmi bilan G.Karimova ayblanayotgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan va unga 5-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Shu yilning iyul oyi oxirida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova ishi bo‘yicha tezkor-tergov tadbirlari davom ettirilayotganligini ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0